Xorazmda maktab o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari 2026-yilgi mavsumiga start berildi
Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Urganch shahridagi 22-son umumta’lim maktabida 7–17 yoshdagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarining 2026-yilgi mavsumiga start berildi.
Tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirovlar ishtirok etishdi.
Ushbu sinovlar o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va chidamliligini aniqlash, shuningdek yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist