locale OZ

Xorazmda belbog‘li kurash bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

Musobaqa 20-23 aprel kunlari Xorazm viloyatining Gurlan tumanida bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xorazmda belbog‘li kurash bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi
photo: Kurash Uzbekistan

Joriy yilning 20-23 aprel kunlari Xorazm viloyatining Gurlan tumanida ilk bor belbog‘li kurash bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvimidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarida 13 ta vazn toifasida kuch sinashishsa, qizlar erkin yo‘nalishda 8 ta vazn toifasida bellashishadi.

Gurlan sport majmuasida yuqori saviyada va shiddatli tusda o‘tishi kutilayotgan ushbu musobaqada chempionlikni tantana qilgan polvonlar belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun mamlakat milliy terma jamoalariga qabul qilinadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting