Xitoyning Shanxay shahrida 55 davlatdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etayotgan akademik eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati start oldi
23-sentabr kuni startga (LM1x) yengil vaznli bir kishilik ekipajda Shahzod Nurmatov chiqadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
Xitoyning Shanxay shahrida 55 davlatdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etayotgan akademik eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati start oldi va ushbu dunyo birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi hamda 4 nafar parasportchisi ishtirok etmoqda.
Natijalarga ko‘ra, saralashda boshqaruvchisiz to‘rt kishilik ekipajda (4-) Fazliddin Karimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Davrjon Davronov, Alisher Turdiyevlar ekipaji yarim finalga yo‘l oldi. Sportchilarimiz 24-sentabr kuni final A yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.
23-sentabr kuni startga (LM1x) yengil vaznli bir kishilik ekipajda Shahzod Nurmatov chiqadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor