Xitoyning Jiangshan shahrida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirgan
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Qit'a birinchiligining navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun omadli bo‘ldi. Ayollar o‘rtasidagi -81 kg vazn toifasida “A” guruhda ishtirok etgan ikki vakilamiz — Rigina Adashbaeva va Madina Fayzullaeva — muvaffaqiyatli qatnashib, Osiyo chempionati sovrindorlari qatoriga qo‘shildi.
Rigina Adashbaeva dast ko‘tarishda 104 kg natija qayd etib bronza, ikki kurash bo‘yicha esa 224 kg jamg‘argan holda yana bir bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Madina Fayzullaeva esa siltab ko‘tarishda 121 kg natija bilan kuchli uchlikdan joy oldi va delegatsiyamiz medallar jamg‘armasiga yana bir bronza qo‘shdi.
Bakradze Iman
Redaktor