Xitoyda qizlar o'rtasida shpajadagi qilichbozlik bo'yicha Jahon kubogi start oldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Bugun, 23-may kuni, Xitoyning Usi shahrida qizlar o'rtasida shpajadagi qilichbozlik bo'yicha xalqaro musobaqa — Jahon kubogi boshlandi.
Turnirda dunyodagi yetakchi qilichbozlik mamlakatlarini qamrab olgan holda 29 davlatdan 192 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston sharafini musobaqada quyidagi sportchilar himoya qilmoqda:
Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murzataeva, Biibimaryam Saparova va Sevara Rahimova.
Jamoa tayyorgarligiga milliy terma jamoaning katta murabbiyi Benavides Xose rahbarlik qilmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor