Xarbinda yosh figurachilari uchun xalqaro yig'in boshlandi
O'zbekistonlik ikki sportchi Osiyo Olimpiya kengashi qo'llab-quvvatlagan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Xitoyning Xarbin shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OCA) va «Osiyo bolalari» qo'mitasi ko'magida yosh sportchilar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlandi.
Yig'inda O'zbekistondan ikki yosh figurachi ham qatnashmoqda. Dasturga ko'ra, mashg'ulotlar 18 avgustgacha davom etadi. UTS 13 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan sportchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, darslar xalqaro mutaxassislar tomonidan o'tkazilib, ular o'z tajriba va bilimlari bilan o'rtoqlashmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor