locale OZ

World Aquatics stipendiyalari muhokamasida O‘zbekiston vakili ishtirok etdi

Ruslan Mustaev Singapurdagi xalqaro yig‘ilishda Osiyo va Okeaniya federatsiyalari bilan tajriba almashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

“Uzbekistan Aquatics” federatsiyasining bosh kotibi Ruslan Mustaev Singapurda suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida World Aquatics tomonidan tashkil etilgan Osiyo va Okeaniya mamlakatlari federatsiyalari vakillarining ishchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishning asosiy mavzusi 2025–2026 yillar uchun sportchi va murabbiylar uchun mo‘ljallangan World Aquatics stipendiya dasturlari bo‘ldi. Tadbirda qatnashchilarga tanlovda ishtirok etish shartlari, nomzodlarni saralash mezonlari hamda ariza topshirish va stipendiatlarni qo‘llab-quvvatlash jarayonlari batafsil tushuntirildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting