Voleybol. “Xorazm viloyati IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
Xorazm viloyatida sportning voleybol turi bo‘yicha “Xorazm viloyati IIB boshlig‘i kubogi” uchun umumtaʼlim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa yakuniga yetdi.
Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, voleybol sport turini ommalashtirish hamda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash maqsadida yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslar olib borib, yuqori sport mahoratini namoyish etdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar medal, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Gurlan tumani
2-o‘rin — Yangibozor tumani
3-o‘rin — Hazorasp tumani
Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Qo‘shko‘pir tumani
2-o‘rin — Shovot tumani
3-o‘rin — Xonqa tumani
Mazkur musobaqa yosh voleybolchilarning sport mahoratini oshirish, ularni kelgusida professional sportga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.