Voleybol. U-15 O‘zbekiston chempionati (o‘g‘il bolalar)ga start berildi
2-aprel kuni Jizzax shahrida o‘smir o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi respublika chempionati boshlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
2-aprel kuni Jizzax shahrida o‘smir o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi respublika chempionati boshlandi. Ushbu musobaqa mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli yosh sportchilarni bir maydonda jamlamoqda. Bellashuvlar 2–8-aprel kunlari davom etadi.
1-kun natijalari:
Farg‘ona — Surxondaryo 0:2
Navoiy — Buxoro 2:0
Toshkent shahar — Namangan viloyati 2:0
Sirdaryo — Samarqand 0:2
Andijon — Qashqadaryo 2:0
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Xorazm viloyati 2:1
Dastlabki uchrashuvlar shiddatli va murosasiz ruhda o‘tib, jamoalar o‘rtasida kuchli raqobat borligini ko‘rsatdi. Oldinda yanada qiziqarli o‘yinlar kutmoqda!
Ibrohim Jalolov
Redaktor