Voleybol. U-15 o‘g‘il bolalar o‘rtasida Sirdaryo viloyati chempionati yakunlandi
Sardoba tumani sport maktabida voleybol bo‘yicha U-15 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Sardoba tumani sport maktabida voleybol bo‘yicha U-15 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazildi.
Musobaqa davomida jamoalar o‘rtasida keskin va murosasiz bahslar kechib, yosh sportchilar o‘zlarining texnik mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Sirdaryo tumani
2-o‘rin — Guliston shahri
3-o‘rin — Xovos tumani
Mazkur musobaqa yosh voleybolchilarni qo‘llab-quvvatlash va hududlarda voleybol sport turini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor