Voleybol. Toshkent tarixiy turnirga mezbonlik qiladi
Toshkent tarixiy turnirga mezbonlik qiladi!
O‘zbekiston tarixida ilk bor mamlakatimizda nufuzli Asian U18 Beach Volleyball Championships 2026 — 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo sohil voleyboli chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa 6–10 may kunlari Toshkent shahridagi zamonaviy Olympiya shaharchasi majmuasida tashkil etiladi. Xalqaro turnirda Osiyo voleybol konfederatsiyasiga a’zo mamlakatlarning eng iqtidorli va kuchli yosh sohil voleybolchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Chempionat nafaqat kuchlilarni aniqlash, balki yosh sportchilar uchun xalqaro tajriba orttirish, mahoratini namoyon etish va kelajak chempionlari safidan joy olish uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi.
Musobaqa davomida muxlislarni keskin va murosasiz bahslar, yuqori sport ruhi, yorqin g‘alabalar va unutilmas lahzalar kutmoqda.