Voleybol. Sirdaryo viloyatida voleybol sport turi bo‘yicha 2025 yil yakunlari sarhisob qilindi
Sirdaryo viloyatida voleybol sporti bo‘yicha 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan tantanali sarhisob tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda viloyatda voleybol sportini rivojlantirish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar hamda sport sohasi fidoyilari munosib e’tirof etildi va taqdirlandi.
Tadbir davomida yil mobaynida:
• viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda erishilgan yutuqlar,
• yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida voleybol sportini keng ommalashtirish,
• sport maktablari va akademiyalar faoliyatini rivojlantirish,
• iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar alohida ta’kidlab o‘tildi.
Eng faol, tashabbuskor va yuqori natijalarga erishgan sport sohasi vakillariga faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlash marosimida:
• Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jonibek Hamidov,
• Sirdaryo viloyati Voleybol federatsiyasi ijrochi direktori Shohjahon Tajiboyev,
• shuningdek, soha mutaxassislari va sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida viloyatda voleybol sportini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, murabbiylar salohiyatini oshirish, iqtidorli yoshlarni tizimli tayyorlash hamda kelgusida yirik musobaqalarda yuqori natijalarga erishish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.