Voleybol. O‘zbekiston terma jamoasi Puerto-Rikoni mag‘lub etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Olympic.uz
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston U19 jamoasi Toshkentda o‘tayotgan jahon chempionatida ikkinchi g‘alabasiga erishdi.
Puerto-Riko bilan bahs olib borgan yigitlarimiz raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Avvalgi ikki o‘yinda o‘zbekistonlik voleybolchilar bir g‘alaba va bir mag‘lubiyatni qabul qilib olishgandi.
Endi vakillarimiz 28 iyul kuni Argentina bilan, 29 iyul kuni esa Belgiya qarshi bahs olib boradilar.
O‘zbekiston 3 – 0 Puerto-Riko
(25:18, 25:21, 25:14)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist