Voleybol. Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi uchta uchrashuvdan soʻng guruh jadvalida 2-oʻrinni egallab turibdi
Oldinda terma jamoamizni muhim uchrashuvlar kutmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
CAVA MEN’S VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2026
Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi CAVA Men’s Volleyball Championship 2026 musobaqasida uchta uchrashuvdan soʻng guruh jadvalida 2-oʻrinni egallab turibdi.
Jamoamiz hisobida:
2 ta gʻalaba
1 ta magʻlubiyat
Oldinda terma jamoamizni muhim uchrashuvlar kutmoqda. Oʻzbekiston terma jamoasiga navbatdagi bahslarda omad tilaymiz!
Turnirning eng yaxshi toʻpurari — Islomjon Sobirov!
Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Islomjon Sobirov CAVA Men’s Volleyball Championship 2026 musobaqasida 73 ochko bilan turnirning eng sermahsul o‘yinchilari roʻyxatida 1-oʻrinda bormoqda. Uning samarali o‘yini terma jamoamizning muvaffaqiyatlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor