locale OZ

Voleybol. Nukusda U-17 qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Nukusda U-17 qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirokida o‘tgan mazkur musobaqa bir necha kun davomida yuqori saviyada tashkil etilib, yosh voleybolchilarning mahorati va jamoaviy o‘yinini namoyon etish uchun muhim sport maydoniga aylandi.

Chempionat davomida jamoalar o‘rtasida keskin va murosasiz bellashuvlar kechdi. Har bir uchrashuvda sportchilarning texnik tayyorgarligi, tezkorligi hamda g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, final bosqichidagi bahslar tomoshabinlar uchun qiziqarli va shiddatli o‘yinlarga boy bo‘ldi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra peshqadamlar quyidagicha:
1-o'rin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi
2-o'rin. Surxondaryo viloyati jamoasi
3-o'rin. Namangan viloyati jamoasi.

Musobaqa yakunida chempion va sovrindor jamoalar medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ijrochi direktori Sh. Aytbaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E. Qutibaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari G. Eshimbetov hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Ular musobaqa g‘oliblarini samimiy tabriklab, yosh sportchilarga kelgusidagi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tiladilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting