locale OZ

Voleybol Millatlar Ligasi (VNL) test bosqichi uchun rejalashtirilayotgan o‘yin qoidalaridagi o‘zgarishlar

Xalqaro voleybol federatsiyasi hakamlar va o‘yin qoidalari qo‘mitasi tomonidan bir qator yangi takliflar kiritildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol Millatlar Ligasi (VNL) test bosqichi uchun rejalashtirilayotgan o‘yin qoidalaridagi o‘zgarishlar
photo: Voleybol Uzbekistan

Voleybol Millatlar Ligasi (VNL) test bosqichi uchun rejalashtirilayotgan o‘yin qoidalaridagi o‘zgarishlar

Xalqaro voleybol federatsiyasi hakamlar va o‘yin qoidalari qo‘mitasi tomonidan bir qator yangi takliflar kiritildi. Ushbu o‘zgarishlarning ayrimlari yozda VNL hamda U-17 jahon chempionatida sinov tariqasida qo‘llaniladi, boshqalari esa hali muhokama jarayonida.

Asosiy taklif etilayotgan o‘zgarishlar:
- Hakam hushtagidan keyin jamoa joylashuvini o‘zgartirish xato hisoblanmaydi.
Demak, o‘yin to‘xtatilmaydi.
- Bir setdagi almashtirishlar soni 8 taga oshiriladi
(amaldagi qoida — 6 ta).
- 14 nafar o‘yinchiga ega jamoalarda faqat 1 ta libero bo‘lishi mumkin.
Avval odatda 2 ta libero ruxsat etilgan.
- To‘r va antenna bilan kontakt:
agar to‘p o‘sha jamoa tomonida qolsa, to‘r bilan butun uzunligi bo‘ylab, shuningdek antenna yuqori qismidan biroz pastroqda tegishga ruxsat beriladi.
- Libero vakolatlari kengaytiriladi:
libero maydonning istalgan zonasidan to‘pni qabul qilishi va istalgan o‘yinchi o‘rniga tushishi mumkin bo‘ladi.
- Agar to‘p shiftga tegib, lekin zarba bergan jamoa tomonida qolsa, o‘yin davom ettiriladi.

Real vaqt rejimidagi chellenj tizimi:
murabbiylar ralliy davomida planshet orqali bahsli vaziyatlarni belgilab borishlari mumkin.
— Bir nechta holatni belgilash mumkin
— Ralliy oxirida faqat bittasi tanlanadi
— Tekshiruv (chellenj) faqat belgilangan epizodlar bo‘yicha amalga oshiriladi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting