Voleybol. Markaziy Osiyoning eng kuchli jamoalari O‘zbekistonda jam bo‘ladi
25–27-iyul kunlari O‘zbekiston sohil voleyboli bo‘yicha CAVA (Markaziy Osiyo) chempionatiga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: gettyimages
25–27-iyul kunlari O‘zbekiston sohil voleyboli bo‘yicha CAVA (Markaziy Osiyo) chempionatiga mezbonlik qiladi.
Nufuzli musobaqada Markaziy Osiyoning kuchli terma jamoalari nafaqat chempionlik, balki xalqaro maydondagi muhim reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradi. Ushbu ochkolar kelgusida Olimpiya o‘yinlari saralash bosqichlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Sohil voleyboli bo‘yicha Osiyo chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
O‘zbekiston terma jamoalariga omad, yorqin g‘alabalar va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor