locale OZ

Voleybol. Italiya — ayollar o‘rtasida jahon chempioni

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Italiya — ayollar o‘rtasida jahon chempioni
ФОТО: Getty images

Tailandning 4 ta shahrida 22 avgustdan 7 sentyabrgacha voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Bangkok, Nakhonratchasima, Chiang Mai va Phuket shaharlarida o‘tkazildi.

Shiddatli kechgan finalda Italiya Turkiyani 3:2 hisobida mag‘lub etib, tarixida ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi — 25:23, 13:25, 26:24, 19:25, 15:8.

3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa Braziliya Yaponiya ustidan besh setda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, bronza medalini qo‘lga kiritdi — 25:11, 25:17, 19:25, 27:29, 18:16.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting