Voleybol. CAVA Beach Volleyball Championship Uzbekistan 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi
CAVA Beach Volleyball Championship Uzbekistan 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi! 🎉
Markaziy Osiyoning eng nufuzli plyaj voleyboli musobaqalaridan biri — CAVA Beach Volleyball Championship Uzbekistan 2026 o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqa yakunida tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim davomida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda yuqori natija qayd etgan jamoalar tantanali ravishda taqdirlanib, g‘olib va sovrindorlarga medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Erkaklar yakuniy natijalari
1-o'rin: Eron
2-oʻrin: Qozogʻiston
3-oʻrin: Eron (2)
CAVA Beach Volleyball Championship Uzbekistan 2026 ayollar o‘rtasidagi bahslar o‘z yakuniga yetdi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqa yakuniy natijalari
1-o'rin: Oʻzbekiston
2-oʻrin: Qirgʻiz Respublikasi
3-oʻrin: Oʻzbekiston (2)
Musobaqa yakunida o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.