Voleybol bo‘yicha respublika musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi
Buxoro shahrida voleybol sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi, o‘g‘il bolalar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati doirasida final uchrashuv o‘tkazildi.
Qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Buxoro viloyati
2-o‘rin — Xorazm viloyati
3-o‘rin — Jizzax viloyati
Yigitlar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Buxoro viloyati
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin — Navoiy viloyati
Musobaqalar yakuniga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, universitet jamoasi, sport mutaxassislari ishtirok etdi. G‘olib sportchilar, murabbiylar va jamoa a’zolari faxriy yorliqlar, kuboklar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.