locale OZ

Voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionati: Ayollar jamoalari o'rtasidagi murosasiz bahslar natijalari ma'lum

Maydonda har bir ochko uchun kurash olib borgan qizlarimiz jamoaviy uyg'unlik va kuchli iroda namoyish etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionati: Ayollar jamoalari o'rtasidagi murosasiz bahslar natijalari ma'lum
photo: Voleybol Uzbekistan

Joriy yilning 22-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Buxoro viloyati mezbonlik qilayotgan sportning voleybol turi bo'yicha O'zbekiston chempionatining III-tur bahslari qizg'in davom etmoqda.

Erkaklar jamoalari qatorida xotin-qizlar o'rtasidagi uchrashuvlar ham katta qiziqishlarga sabab bo'lmoqda. Xususan, "Yoshlik" sport majmuasi zalida ayollar terma jamoalari o'rtasida shiddatli va qizg'in uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Maydonda har bir ochko uchun kurash olib borgan qizlarimiz jamoaviy uyg'unlik va kuchli iroda namoyish etishdi.

O'yinlar yakuniga ko'ra quyidagi natijalar qayd etildi:

Namangan viloyatining "NamDU" hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining "NDPI" terma jamoalari o'rtasidagi bahsda namanganlik qizlar o'zlarining yuqori tayyorgarligini ko'rsatib, 3:0 hisobida zafar quchishdi.

Xorazm viloyatining "UrDU" va Jizzax viloyatining "JDPU-Ziyokor" jamoalari o'rtasida kechgan qiziqarli o'yinda xorazmlik voleybolchilar raqiblarini 3:0 hisobida ishonchli tarzda mag'lub etishdi.

Andijon viloyatining "ADPI" jamoasi Surxondaryo viloyatining "TerDPI" terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, chiroyli o'yin namoyish etdi va uchrashuvni 3:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi.

Toshkent shahrining "U-18" hamda Farg'ona viloyatining "To'maris" jamoalari o'rtasidagi murosasiz uchrashuvda poytaxtlik yosh sportchilar chaqqonlik qilib, 3:0 hisobida g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Barcha g'olib jamoalarni ushbu yorqin natijalar bilan tabriklaymiz va chempionatning keyingi tur o'yinlarida ham omad va zafarlar tilab qolamiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting