locale OZ

Voleybol. ADPI ketma-ket ikkinchi bor Oliy liga chempioni!

Besh set davom etgan keskin uchrashuvda To‘maris voleybolchilari iroda va mahorat namoyish etib, mavsumni bronza medallari bilan yakunladi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Voleybol. ADPI ketma-ket ikkinchi bor Oliy liga chempioni!
photo: Voleybol Uzbekistan

Ayollar o‘rtasidagi Oliy liga final uchrashuvida ADPI jamoasi BUXDUni murosasiz bahsda mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi mavsum chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Hisob: ADPI 3:2 BUXDU

Besh set davom etgan shiddatli uchrashuvda ADPI voleybolchilari iroda va mahorat namoyish etib, chempionlik kubogini o‘zida saqlab qoldi.

To‘maris bronza medallari sohibi!

Ayollar o‘rtasidagi Oliy liga 3-o‘rin uchun kechgan bahsda To‘maris jamoasi NamDUni murosasiz kurashda mag‘lub etdi.

Hisob: To‘maris 3:2 NamDU

Besh set davom etgan keskin uchrashuvda To‘maris voleybolchilari iroda va mahorat namoyish etib, mavsumni bronza medallari bilan yakunladi.

To‘maris jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting