locale OZ

Voleybol. 2026-yil voleybol mavsumi yirik musobaqa bilan boshlanadi

Joriy mavsumda ilk marotaba bahslar “challenge” tizimi yordamida o‘tkazilib, turnir davomida haqqoniylik va shaffoflikni yuksak saviyada ta’minlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. 2026-yil voleybol mavsumi yirik musobaqa bilan boshlanadi
photo: Voleybol Uzbekistan

Joriy yilning 22–29-yanvar kunlari erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati — Oliy liga, 1-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa 2026-yilgi voleybol mavsumining ilk va eng muhim turniri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Musobaqa o‘yinlari Olimpiya shaharchasi jamoaviy sport turlari zali hamda “Jar” sport-sog‘lomlashtirish markazida o‘tkaziladi.

Musobaqa quyidagicha bo'lib o'tadi:
- 21-yanvar kuni jamoalar o‘rtasida qur’a tashlash marosimi bo‘ladi,
- 22-yanvardan esa rasmiy uchrashuvlar start oladi.
- 24-yanvar kuni Olimpiya shaharchasida chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi. Unda Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) Prezidenti Ramon Suzaraning rasmiy tashrifi kutilmoqda. Mazkur tashrif musobaqaning nufuzi va xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yanada oshiradi.

Joriy mavsumda ilk marotaba bahslar “challenge” tizimi yordamida o‘tkazilib, turnir davomida haqqoniylik va shaffoflikni yuksak saviyada ta’minlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting