Vinsent Keymer — Super Chess Classic Romania 2026 turniri chempioni!
Hamyurtimiz Javohir Sindarov esa ushbu nufuzli musobaqada ajoyib ishtirok etib, amerikalik Uesli So bilan bir xil natija ko'rsatdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Vinsent Keymer — Super Chess Classic Romania 2026 turniri chempioni.
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida yakuniga yetgan nufuzli turnirda germaniyalik grossmeyster Vinsent Keymer g‘alaba qozondi. Klassik bahslarning so‘nggi 9-turida niderlandiyalik Jordan van Foreestni mag‘lub etgan Keymer turnir chempioniga aylanib, $100,000 miqdoridagi bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz Javohir Sindarov esa ushbu nufuzli musobaqada ajoyib ishtirok etib, amerikalik Uesli So bilan bir xil natija ko'rsatdi. Javohir faxrli 3-o'rinni bo'lishib olgan holda $42,500 miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor