locale OZ

Verstappen: \"Barselonada Red Bull qilish kerak bo'lgan ishlar juda ko'p\"

Max Verstappen Barselona-Kataloniya Gran-prisining ilk kungi mashg'ulotlarida mashina bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Verstappen: "Barselonada Red Bull qilish kerak bo'lgan ishlar juda ko'p"
photo: F1

Max Verstappen Barselona-Kataloniya Gran-prisining ilk kungi mashg'ulotlarida mashina bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch keldi.

Muvozanat va zatsep (grip) muammosi: Maxning ta'kidlashicha, jamoa yuqori, o'rta va past tezlikli barcha hududlarda umuman yutqazmoqda. Mashinada ilashish kuchi yetishmayapti va u kun davomida bolid bilan yaxshi muvozanatni his qila olmagan.

Shinalar va "drifting": Qanday turdagi shinadan foydalanishmasin, poygachiga hech narsa yaxshi tuyulmagan. "Mashinalar ochiqchasiga sirpanmoqda, shinalar hech qanday grip bermayapti", dedi u.

Kvalifikatsiya umidlari yo'q: Shanba kungi kvalifikatsiyada birinchi qator uchun kurasha oladimi degan savolga Verstappen keskin qilib: "Yo'q, albatta yo'q", deb javob berdi. U hozirda jamoa qanday holatda ekanligini va Ferrari bilan nima yuz berganini bilmasligini ham ta'kidladi.

Muhandislar xulosasi: Red Bull'ning muhandislik bo'yicha rahbari Paul Monaghan Maxning radiodagi xabarlari juda e'tirozli bo'lganini va mashina ayrim joylarda chindan ham yomon ishlaganini tasdiqladi. Uning fikriga ko'ra, raqobatchilar ham joyida qotib turgani yo'q, shuning uchun boshqalarning harakati ta'siriga tushib qolmasdan, faqat o'z mashinalaridan maksimal potensialni chiqarish ustida ishlashlari shart.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting