Velosport (trek) bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi
Joriy yilning 27-fevral sanasiga qadar davom etadigan musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Velosport (trek) bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.
Olimpiya shaharchasida joylashgan Velotrek majmuasida sportning velosport (trek) turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionati bahslariga start berildi.
Respublikamizning turli hududlaridan kelgan velosportchilar qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Joriy yilning 27-fevral sanasiga qadar davom etadigan musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor