Velosport. Toshkent kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati hamda yoshlar va o'smirlar o'rtasida Respublika turniriga mezbonlik qiladi
Unda butun Respublika bo'ylab umumiy hisobda 130 nafardan ziyod sportchilar g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
26-27 fevral kunlari Toshkentdagi yangi zamonaviy velodrom kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati hamda yoshlar va o'smirlar o'rtasida Respublika turniriga mezbonlik qiladi.
Unda butun Respublika bo'ylab umumiy hisobda 130 nafardan ziyod sportchilar g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Qayd etish kerak, erkaklar va ayollar o'rtasidagi turnir olimpiya o'yinlari
dasturiga kiruvchi "Omnium" va "Medison" bo'yicha o'tkaziladi. Bu orqali terma jamoamiz murabbiylari oldinda turgan yirik nufuzli xalqaro musobaqalar xususan, 25-31 mart kunlari Filippin davlati mezbonligida o'tadigan velotrek bo'yicha Osiyo chempionatiga terma jamoa tarkibini yana bir bor ko'zdan
kechirib, saralab olishga imkon yaratadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor