Velosport. Shosse bo'yicha U-23 O'zbekiston chempionati yakunlandi
3 kun davom etgan qiziqarli bahslarda g'olib va sovrindorlar taqdirlanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Farg'ona viloyati mezbonligida o'tgan shosse bo'yicha U23 yosh toifasida O'zbekiston chempionati o'z nihoyasiga yetdi.
3 kun davom etgan qiziqarli bahslarda g'olib va sovrindorlar taqdirlanishdi. Xususan, so'nggi dasturdan o'rin olgan bellashuvlarda erkaklar guruh poygasida ishtirok etishdi. 140 km masofada o'tgan murosasiz poyganing so'nggi metrlarigacha g'olib kim bo'lishini tahmin qilib bo'lmas edi. Natijalar esa quyidagicha:
1-o'rin. Shahzod Mirzaliyev - (Toshkent vil)
2-o'rin. Ozodbek Shokirov - (Toshkent vil)
3-o'rin. Kamil Yunusbayev - (ROPSTTM)
Shu tariqa, navbatdagi yuqori darajada tashkil etilgan turnir ham o'z nihoyasiga yetdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor