locale OZ

Velosport. Nafosat Koziyeva hamda Dmitriy Bocharov OMNIUM dasturini yakunlashdi

Trek bo'yicha Osiyo chempionati doirasida hamyurtlarimizning ishtiroki davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Nafosat Koziyeva hamda Dmitriy Bocharov OMNIUM dasturini yakunlashdi
photo: velosport Uzbekistan

Nafosat Koziyeva hamda Dmitriy Bocharov OMNIUM dasturini yakunlashdi.

Trek bo'yicha Osiyo chempionati doirasida hamyurtlarimizning ishtiroki davom etmoqda.

Xususan, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Nafosat Koziyeva ayollar o'rtasida o'tkazilgan "Omnium" dasturida 6-natijani qayd etdi. Ko'pkurash hisoblangan eng murakkab dasturlardan birida Nafosat so'nggi aylanalargacha kurashni davom ettirdi.

Sovrinli o'rinlarni egallash uchun astoydil harakat qilgan hamyurtimizga biroz omad yetishmadi. Shuningdek, xuddi shu dasturda erkaklar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Dmitriy Bocharov 11-natijani qayd etdi va katta tajriba ortirishga muvaffaq bo'ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting