Velosport. Kuskova koʻp kunlik poygada 3 - oʻrinni egalladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Quvonchli yangiliklar davom etadi
Bir necha kun oldin aytib oʻtganimizdek velosport boʻyicha milliy terma jamoamiz vakilasi - Yanina Kuskova ayollar oʻrtasidagi koʻp kunlik "Tour El Salvador" poygasida (2.1) munosib ishtirok etib kelayotgandi.
Bugun ushbu musobaqaga yakun yasaldi va Kuskova koʻp kunlik poygada 3 - oʻrinni egalladi. Shuningdek, u togʻlar tasnifida 4 - oʻrinni band etdi.
Natijada u velosport boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga jami 80 ta UCI reyting ochkosini qoʻlga kiritdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor