locale OZ

Velosport. Filippin davlatida o'tgan qit'a chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasi Toshkentga qaytib keldi

Osiyo chempionatida O'zbekiston velosport delegatsiyasi yoshlar va kattalar o’rtasida 24 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza umumiy hisobda 44 ta medal qo’lga kiritildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Filippin davlatida o'tgan qit'a chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasi Toshkentga qaytib keldi
photo: velosport Uzbekistan

Kuni kecha Filippin davlatida o'tgan qit'a chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasi Toshkentga qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda sportchilarimizni tantanali kutib olish marosimi o'tkazildi. Unda O'zbekiston velosport federatsiyasi rahbariyati, sportchilarimizning yaqinlari, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Qayd etish kerak, bu galgi Osiyo chempionati o'zbek velosporti tarixidagi eng yaxshisi bo'ldi desak xato bo'lmaydi.

Eslatib o'tish joiz, Osiyo chempionatida O'zbekiston velosport delegatsiyasi yoshlar va kattalar o’rtasida 24 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza umumiy hisobda 44 ta medal qo’lga kiritildi. Ulardan 21 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medali para sportchilarimizga tegishli.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting