locale OZ

Velosport. Ayollar o'rtasida 46 km masofadagi \"Elimination\" dasturida Koziyeva 4-natijani qayd etdi

Velosportning trek yo'nalishi bo'yicha o'tkazilayotgan Jahon kubogi bahslarida qizlarimiz, xususan, Nafosat Koziyeva ham o'z ishtirokini boshladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Ayollar o'rtasida 46 km masofadagi  "Elimination" dasturida Koziyeva 4-natijani qayd etdi
photo: velosport Uzbekistan

Velosportning trek yo'nalishi bo'yicha o'tkazilayotgan Jahon kubogi bahslarida qizlarimiz, xususan, Nafosat Koziyeva ham o'z ishtirokini boshladi.

Ayollar o'rtasida 46 km masofadagi "Elimination" dasturida Koziyeva 4-natijani qayd etdi.

Eng kuchli poygachilar bilan startga chiqqan hamyurtimiz so'nggi metrlargacha iroda ko'rsatib, g'oliblik uchun kurash olib bordi. Ayniqsa so'nggi ayalanada muxlislar murosasiz va keskin kurashni guvohiga aylanishdi.

Koziyeva marraga birinchi bo'lib kelayotgandek edi go'yo. Biroq, sportchimizga ozgina omad yetishmadi. Shunday qilib Nafosat qimmatli bo'lgan 450 reyting ochkolarini qo'lga kiritdi. Eslatib o'tamiz, Gonkongda davom etayotgan va Malayziyada bo'lib o'tadigan jahon kubogi bosqichlari Jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tab beradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting