V yoshlar para Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston delegatsiyasi Dubay sari yo'l oldi
1500 nafarga yaqin atletlar 11 ta sport turidan gʻoliblik uchun bellashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Xabaringiz bor, 7-14-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar oʻrtasida V yozgi para Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtadi.
Kompleks musobaqada qit’amizning 35 ta mamlakatidan jami 1500 nafarga yaqin atletlar 11 ta sport turidan gʻoliblik uchun bellashadi.
Xususan, Oʻzbekiston delegatsiyasi sportning
para yengil atletika,
para taekvondo,
para bochcha,
para suzish,
para armrestling,
para pauerlifting sport turlari boʻyicha musobaqada ishtirok etishadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist