UzChess Cup: 3-tur juftliklari va turnir jadvali bilan tanishing
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonlik qilayotgan nufuzli UzChess Cup turniri qizg'in pallaga kirdi. Bugun, 21 iyun kuni 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Ikkinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqa Masters, Challengers va Futures guruhlarida bo'lib o'tyapti va har bir toifada dunyo hamda milliy shaxmat yulduzlari ishtirok etmoqda.
Masters guruhi: markaziy to'qnashuvlar
Kuchli shaxmatchilar jam bo'lgan Masters guruhida bugungi eng katta to'qnashuv — 1,5 ochkoga ega hindistonlik Arjun Erigaesi va rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy o'rtasida bo'ladi.
O'zimizning Javohir Sindarov o'zbek derbisida Shamsiddin Vohidovga qarshi saf tortadi, Nodirbek Abdusattorov esa usta grossmeyster Richard Rapportga qarshi o'ynaydi.
Ikkinchi turdan so'ng barcha ishtirokchilar ma'lum darajada ochko yo'qotgan — turnir keskin raqobatda davom etmoqda.
Masters — 3-tur juftliklari:
• Nodirbek Yakubboev — Rameshbabu Praggnanandhaa
• Parham Maqsudlu — Chithambaram Aravindh
• Yan Nepomnyashiy — Arjun Erigaesi
• Nodirbek Abdusattorov — Richard Rapport
• Shamsiddin Vohidov — Javohir Sindarov
Challengers guruhi: Tohirjonova – Ivanchuk qarama-qarshiligi
Challengers guruhida ham qiziqarli to'qnashuvlar rejalashtirilgan. Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib boradi.
Muhiddin Madaminov esa xitoylik Ma Kungga qarshi peshqadamlikni mustahkamlashga harakat qiladi.
Challengers — 3-tur juftliklari:
• Muhammadzohid Suyarov — Endryu Xong
• Vitaliy Sivuk — Nikolas Teodorou
• Muhiddin Madaminov — Ma Kun
• Gulruhbegim Tohirjonova — Vasiliy Ivanchuk
• Jahongir Vohidov — Nijat Abasov
Futures guruhi: o'zbek derbisi va Atabayev – Nighmatov uchrashuvi
Futures guruhida ham qiziqarli uchrashuvlar bor. Humoyun Begmuratov va Saidakbar Saydaliev o'rtasidagi o'zbek derbisi katta qiziqish uyg'otmoqda.
Ikkala turda ham g'alaba qozongan turkmanistonlik Saparmyrat Atabayev bugun Ortiq Nighmatov bilan kuch sinashadi.
Futures — 3-tur juftliklari:
• Humoyun Begmuratov — Saidakbar Saydaliev
• Klemeni Sichev — Evgeniy Alekseev
• Saparmyrat Atabayev — Ortiq Nighmatov
• Robert Rak — Boris Chatalbashev
• Abdimalik Abdisalimov — Alan Pichot