“Uzbekistan Judo Tour” va “Judo Clubs” musobaqalari Namanganda bo'ladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
2026-yilning yoziga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida bu ikki turnirning oʻtkazilishi belgilangan. Dastlabki musobaqaga Buxoro viloyati mezbonlik qilgan bo`lsa, navbatdagi musobaqalarni - 30-31-may kunlari Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasi qabul qiladi.
Ma`lumot uchun, erkaklar oʻrtasida tashkil etilayotgan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida -81, -90, -100, +100 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
“Uzbekistan Judo Tour” yakuniga yetgach, 31-may kuni yurtimizda faoliyat yuritayotgan dzyudo klublari ishtirokida “Judo Clubs” musobaqasi boʻlib oʻtadi. Unda 2011-2013-yillarda tavallud topgan kichik oʻsmirlar ishtirok etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor