«Uzbekistan Judo Tour» Termiz bosqichi g'oliblari taqdirlandi
G'olib va sovrindorlar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Termiz shahrida bo'lib o'tgan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi o'z yakuniga yetdi. Ushbu nufuzli bellashuvda mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlaridan kelgan 169 nafar dzyudochi ishtirok etib, tatamilarda o'zaro kuch sinashdi.
Mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etgan musobaqada erkaklar o'rtasida -66 kg, -81 kg, +90 kg, ayollar o'rtasida esa +70 kg vazn toifalarida eng kuchlilar aniqlandi.
G'olib va sovrindorlar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist