locale OZ

\"Uzbekistan Aquatics\" — Qozog‘istonda bronza

Vaterpolchilarimiz xalqaro turnirda kuchli uchlikka kirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

10–15 avgust kunlari Taraz shahrida (Qozog‘iston) "Delfin" suzish havzasida vaterpolo bo‘yicha ochiq hududiy turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqa SSSR va Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy A.A. Kryukov xotirasiga bag‘ishlandi.

Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston jamoalaridan jami olti jamoa qatnashgan turnirda "Uzbekistan Aquatics" federatsiyasi qizlar jamoasi (2008-yil va undan kichiklar) bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Chempionlik Rossiyaning "Uralochka-1" jamoasiga, kumush medal esa mezbonlar — "Taraz" jamoasiga nasib etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting