Usik va Dyubua revansh jangi o'tkazadi: jang 12 iyul kuni Londonda bo'lib o'tadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Usik va Dyubua revansh jangi o'tkazadi: jang 12 iyul kuni Londonda bo'lib o'tadi
WBC, WBO, WBA va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik (23–0, 14 KO) hamda IBF chempioni Daniyel Dyubua (22–2, 21 KO) o'rtasidagi revansh bo'yicha kelishuv yakunlash arafasida. The Ring nashri ma'lumotiga ko'ra, jang 12 iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo'lib o'tadi.
Usik va Dyubua o'rtasidagi ilk jang 2023 yil 26 avgust kuni Vrotslavda bo'lib o'tgan edi. O'sha kuni ukrainalik bokschi raqibini to'qqizinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan.
Aleksandr Usik 38 yoshda. U professional ringda hali mag'lub bo'lmagan - 23 g'alaba, shundan 14 tasi nokaut bilan. U so'nggi jangini 2024 yil 22 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkazgan va revanshda britaniyalik Tayson Fyurini mag'lub etgan.
Bakradze Iman
Redaktor