Ushu bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakuniga yetdi
Toshkent shahri musobaqa g‘olibiga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida 4 kun davom etgan ushu sport musobaqaning sanda va taolu yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.
Sportchilar o‘rtasidagi kurashlar yuqori saviyada, murosasiz raqobat ruhida kechdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — Toshkent shahri jamoasi,
2-o‘rin — Andijon viloyati jamoasiga,
3-o‘rin — Jizzax va Namangan viloyatlari jamoalariga nasib etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist