Umida Omonova Jahon kubogida turnir yetakchisiga qarshi mag‘lub bo‘ldi
Xitoylik Lei Tinjega qarshi lk partiyada imkoniyat qo‘ldan boy berildi, javob bahsida g‘alaba tay-brekka yo‘l ochadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasidagi FIDE Jahon kubogining to‘rtinchi bosqich uchrashuvlari boshlandi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova ushbu bosqichda musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi – xitoylik Lei Tinje qarshi qora donalarda o‘ynadi va mag‘lubiyatga uchradi.
Bugun, 17 iyul kuni Omonova oq donalarda javob partiyasini o‘taydi. Agar unda g‘alaba qozonsa, qarama-qarshilik g‘olibi tay-brek orqali aniqlanadi.
Bakradze Iman
Redaktor