Ulug‘bek Rashitov Koreyada mashg‘ulotlarni boshladi
Diskvalifikatsiyada bo‘lgan ikki karra Olimpiada chempioni yakka tarzda yig‘in o‘tkazmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
O‘zbekistonlik taekvondochi, ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov Koreya Respublikasida mashg‘ulotlarga kirishdi. 23 yoshli sportchi ayni paytda yakka tarzda yig‘in olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rashitov yaqinda doping bilan bog‘liq muammolar sabab diskvalifikatsiyaga uchragan va 2027 yil may oyigacha musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.
Parij Olimpiadasida g‘alaba qozongan taekvondochimiz Los-Anjelesdagi Olimpiya o‘yinlarida 80 kg vazn toifasida ishtirok etish niyati borligini avvalroq ma’lum qilgan edi.
Bakradze Iman
Redaktor