locale OZ

UFF prezidenti O‘zbekiston futzal terma jamoa o‘yinchilari bilan uchrashdi

Bugun o‘zbekistonlik futzalchilar Qirg‘izistonga qarshi o‘ynaydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFF prezidenti O‘zbekiston futzal terma jamoa o‘yinchilari bilan uchrashdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Bugun Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasi F guruhida so‘nggi – 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Guruhda peshqadamlik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi oxirgi o‘yinni musobaqa mezbonlari – Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov, 2026-yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi saralash musobaqasining so‘nggi turi oldidan Bishkek shahriga yetib keldi va terma jamoa o‘yinchilari bilan uchrashdi.

"Sizlarning har bir harakatingiz O‘zbekiston nomi bilan bog‘langan. Biz barcha sharoitlarni yaratgan holda, yuksak natijalarga erishish uchun birgalikda ishlashimiz kerak. Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘yin – bu biz uchun muhim sinov, shunday ekan, har biringiz maydonda so‘nggi daqiqagacha bor kuch va mahoratlaringizni ishga solishingiz, kurashishingiz lozim" — dedi UFF rahbari.

Ushbu uchrashuv terma jamoa o‘yinchilarining ruhiyatini baland saqlash, so‘nggi o‘yin oldidagi motivatsiyasini kuchaytirish borasida juda muhim ahamiyat kasb etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting