locale OZ

UFF Prezidenti milliy terma jamoa bilan uchrashdi

20–24-sentabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi–2026 saralash musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFF Prezidenti milliy terma jamoa bilan uchrashdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Avval xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 20–24-sentabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi–2026 saralash musobaqasida ishtirok etadi.

Safar oldidan, bugun O‘zbekiston futzal federatsiyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov mamlakatimiz milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida UFF rahbari jamoa a’zolariga samimiy tilaklarini bildirib, xalqimiz milliy terma jamoadan doimo hujumkor va g‘alabali o‘yinlarni kutishini ta’kidladi. Shuningdek, futbolchilarga Vatan sharafini munosib himoya qilishlarini tiladi.

“Sizlarning har bir harakatingiz, har bir g‘olingiz ortida millionlab insonlarning umidi va orzusi bor. Biz sizlarga ishonamiz. Sizlar nafaqat g‘alaba uchun, balki millat iftixori uchun kurashasizlar,” — deya ta’kidladi Bekzod Mamatqulov.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodiр Eliboev jamoa Osiyo Kubogi saralash uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik ko‘rganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futzalchilarning ham jismoniy, ham ruhiy holati yuqori darajada bo‘lib, jamoa birdamlik va intizom asosida harakat qiladi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan terma jamoa sardori Mashrab Adilov va UFF Tibbiyot Departamenti bosh shifokori Lazizbek Teshabekovlar futbolchilarning barchasi sog‘-salomat ekanini, saralash bahslariga har tomonlama tayyor turganliklarini ma’lum qilishdi. UFF rahbariyatiga va futzal jamoatchiligiga bildirilayotgan ishonch uchun minnatdorchilik izhor etishdi.

“Turnir davomida yigitlar bor kuch va g‘ayratlarini safarbar etib, muxlislarimizni quvontiradigan natijalar bilan yurtimizga yorug‘ yuz ila qaytish niyatida safarga yo‘l olayapti,” — dedi Mashrab Adilov.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston futbol faxriylari Kengashi raisi To‘lagan Isoqov so‘z olib, har bir futbolchining ortida Vatan sha’ni turganligini ta’kidladi. O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi hamda o‘yinchilariga saralash bahslarida omad yor bo‘lishini tilab, oq fotiha berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting