UFC’da jiddiy tozalash: Ketlen Vieyra va yana uch jangchi chetlashtirildi
Bu yangi yosh iqtidorlarga joy ochish strategiyasi bilan izohlanmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFC tashkiloti sportchilar roʻyxatini qisqartirish maqsadida toʻrt nafar jangchi bilan shartnomani bekor qildi.
Eng shov-shuvli ketish — ayollar eng yengil vazn toifasida top-15 talikka kiruvchi Ketlen Vieyra boʻldi. U bilan birga yana uch nafar sportchi rosterdan oʻchirildi.
Ekspertlar buni UFC rahbariyatining soʻnggi janglarda yutqazgan sportchilardan qutulish va yangi yosh iqtidorlarga joy ochish strategiyasi bilan izohlamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist