UFC qisqa muddatda jangga rozi bo‘lgan sportchilarga qancha to‘laydi?
Bunday taklifni qabul qilgan jangchi odatdagi gonoraridan tashqari 30 mingdan 50 ming dollargacha qo‘shimcha mukofot olishi mumkin.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Foto: Getty Images
UFC chempioni Shon Striklend promoushen qisqa muddatli ogohlantirish asosida jangga rozi bo‘lgan sportchilarga qancha qo‘shimcha haq to‘lashini ma’lum qildi.
Amerikalik jangchining aytishicha, UFC ba’zan turnirga bir necha kun qolganida sportchiga murojaat qilib, boshqa jangchining o‘rnini egallashni taklif qiladi. Bunday taklifni qabul qilgan jangchi odatdagi gonoraridan tashqari 30 mingdan 50 ming dollargacha qo‘shimcha mukofot olishi mumkin.
Striklendning ta’kidlashicha, qisqa muddatda jang qilishga rozilik berish UFCda gonorarni sezilarli oshirishning eng samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist