locale OZ

UFC Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi jangini rasman tasdiqladi

Hamyurtimiz 27-iyun kuni Bokuda oktagonga koʻtariladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFC Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi jangini rasman tasdiqladi
FOTO: Getty Images

Joriy yilning 27-iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida UFC Fight Night turniri boʻlib oʻtadi. Musobaqa doirasida oʻzbekistonlik taniqli MMA jangchisi Nursulton Roʻziboyev (36-9-2) oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.

Unga koʻra, Roʻziboyev Bokudagi turnirda rossiyalik Andrey Pulyayevga (10-4-0) qarshi oktagonga koʻtariladi. UFC bu haqida rasman eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, Nursulton UFC'dagi faoliyati davomida 5 ta jang oʻtkazib, ularning 4 tasida gʻalaba qozongan, 1 ta jangda magʻlub boʻlgan. Pulyayev esa ushbu promoushenda 3 ta jang oʻtkazib, 1 ta gʻalaba va 2 ta magʻlubiyat qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting