locale OZ

UFC. Nursulton Ro'ziboyev navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFC. Nursulton Ro'ziboyev navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi
FOTO: Getty Images

Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini o‘tkazdi. U mazkur kechada amerikalik tajribali sportchi Dastin Shtoltsfusga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Uch raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Har ikki sportchi ham jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Shunga qaramay, Ro‘ziboyev jang davomida faolroq harakat qildi, zarbalar soni ham, aniqligi ham yaxshi raqibdan yaxshiroq bo‘ldi. Natijada hakamlar bir ovozdan g‘alabani o‘zbekistonlik MMA ustasiga berdi.

Bu Nursulton Ro‘ziboyev uchun UFC’dagi beshinchi jang hisoblanadi. U bungacha 4 marta oktagonga chiqib, 3 ta g‘alaba hamda 1 marta esa mag‘lubiyat qayd etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting