UFC. Guskov markaziy jangda Ankalayevga yutqazib qo‘ydi
Bogdan Guskov rossiyalik raqibi Magomed Ankalayevga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: gettyimages
BAAda o‘tkazilayotgan UFC Fight Night 282 turnirining markaziy jangida o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov rossiyalik raqibi Magomed Ankalayevga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
5 raundlik main event so‘nggi besh daqiqalikda muddatidan avval yakunlandi. Ankalayev Guskovni texnik nokaut orqali mag‘lub etdi.
Ma’lumot uchun, Bogdan MMAdagi faoliyatini 2015 yilda boshlagan bo‘lib, 2023 yildan buyon dunyoning eng nufuzli aralash yakkakurash tashkiloti — UFCda ishtirok etib kelmoqda.
Bogdan bugun faoliyatidagi 23-jangida ishtirok etdi. Shundan 4 tasida mag‘lub bo‘lgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor