UFC Freedom 250. Gejji Topuriyani texnik mag'lubiyatga uchratib, yengil vaznda UFC chempioniga aylandi
AQSh poytaxti Vashington shahridagi Oq uyda tashkil etilgan UFC turnirining markaziy jangida yengil vazn toifasidagi mag'lubiyatsiz chempion Iliya Topuriya va vaqtinchalik chempion Jastin Gejji o'zaro to'qnash keldi.
Jang to'rtinchi raunddan so'ng yakunlandi. Topuriya olgan og'ir zarbalari sabab beshinchi raundga chiqa olmasligi ma'lum bo'ldi. Uchinchi raunddan keyin unda ko'rish bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi. To'rtinchi raunddan so'ng esa uning ahvoli yanada og'irlashdi.
Shu tariqa Jastin Gejji yengil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Mazkur mag'lubiyat Topuriyaning professional MMA faoliyatidagi birinchisi bo'ldi. Uning hisobida endilikda 17 g'alaba va 1 mag'lubiyat bor. Gejji rekordiga esa 28 g'alaba va 5 mag'lubiyat yozildi.