locale OZ

UFC. Bogdan Guskov rossiyalik raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFC. Bogdan Guskov rossiyalik raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi
Photo: Getty Images

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida UFC on ABC 9 turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy kardida o‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Bogdan Guskov rossiyalik Nikita Krilovga qarshi oktagonga ko‘tarilib, birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Guskov UFCdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Krilov esa qatorasiga ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot uchun, Bogdan Guskov 93 kg vazn toifasida 13-o‘rinda, Nikita Krilov esa 10-o‘rinda borgan edi. Bugungi turnirdan so‘ng esa ushbu ko‘rsatkichlar yangilanishi mumkin.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting